Eng users

For foreign users: This blog about cooking in uzbek. About Uzbekistan in Wikipedia.

суббота, 14 декабря 2013 г.

Pomidorli omlet.

Омлет с помидором в духовке
Duxovkada pishiriladigan pomidorli omlet. Tez tayyor bo`ladi.

Masalliqlar

1 portsiya uchun.
  1. Tuxum - 1 dona;
  2. Pomidor  (o`rtacha kattalikda) - 1 dona;
  3. O`simlik moyi - 1 choy qoshiq;
  4. Tuz - tabga ko`ra;
  5. Ko`katlar - tabga ko`ra.

Tayyorlash

  1. Pomidorni tozalab, po`stini olish uchun, qaynayotgan suvga solamiz;
  2. Ko`katlarni mayda qilib to`g`raymiz;
  3. Pomidorni pyure xolatiga keltiramiz, maydalangan ko`katlarni pomidor pyuresi bilan aralashtiramiz. Tabga ko`ra tuz qo`shamiz;
  4. Tuxumni, xajmi ikki barobar kattalashguncha mikserda ezamiz;
  5. Pomidorli pyure va tuxumni aralashtiramiz;
  6. Shaklni olamiz, o`simlik moyi bilan yog`laymiz va 5-qadamda tayyorlagan aralashmamizni shaklga quyamiz;
  7. Qizitilgan duxovkaga 20 daqiqaga qo`yamiz. Pishganligini pichoq yoki vilka tiqib ko`rib tekshiramiz. Omletni duxovkadan olganingizda, xajmi biroz kichrayishi mumkin.

Комментариев нет:

Отправить комментарий